Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Vilyarreal» Salibani 15 millionga sotib olmoqda

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Anderlext» yarim himoyachisi Natan Saliba 15 million yevro evaziga «Vilyarreal» klubiga o'tmoqda.

Jurnalist xabarga ko‘ra, Kanada terma jamoasi a’zosi uchun yangi manzil «Vilyarreal» klubi bo‘ladi. 

«Sariq suv osti kemasi» Saliba transferi uchun 15 million yevro to‘laydi. Yaqin kunlarda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng u bilan rasmiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Natan Saliba o‘tgan yil yozidan buyon «Anderlext» sharafini himoya qilib kelmoqda. Undan avval futbolchi «Monreal» tarkibida to‘p surgan.

Joriy mavsumda Saliba beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q