Vinisius APLga yo‘l olishi mumkin

  • 15 noyabr, 14:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Fichajes" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "aristokratlar" braziliyalik futbolchini jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda. "Qaymoqranglilar" 25 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. Shuning uchun jamoa Vini bilan xayrlashishi mumkin. Londonliklar Vinisius uchun 150 million evro taklif qilishi kutilmoqda. Agar transfer amalga oshsa, "ko‘klar" uchun tarixdagi eng qimmat transferga aylanadi. "Chelsi" hujum uchligida, Vinisius, Joau Pedro va Estevao triosini o‘ynatishni reja qilgan.

Ma’lumot uchun, futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!