Vinisius bir imzo uchun juda katta bonus so‘rayapti
«Real Madrid» forvardi Vinisius Juniornig jamoadagi kelajagi savol ostida qolmoqda. Bu haqida jurnalist Pepe Alvares xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi yangi shartnoma evaziga klubdan 80 million yevro miqdorida imzo bonusi talab qilmoqda. Shuningdek, u o‘z tasvirlaridan tijorat maqsadida foydalanish huquqining 80 foiziga ega bo‘lishni istayapti. Hozirgi kunda Vinisius bu huquqlarning 50 foiziga ega.
Xabar qilinishicha, «Real» bu kabi shartlarga rozi emas. Vinisius Juniorning amaldagi shartnomasi madridliklar bilan 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar