
Vinisius: "Bu gol mehnatimning samarasidir"
Xabaringiz bor, Jahon chempionati saralash guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Kolumbiya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning hal qiluvchi golini 90+9 - daqiqada Vinisius Junior kiritib, o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu gol – mening mehnatimning munosib mukofoti. Men Milliy terma jamoadan olgan barcha yordamlarim va har kuni menga ko‘rsatayotgan qo‘llab-quvvatlovlarim uchun jamoadoshlarimga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Bu gol menga engillik, biroz quvonch va muhim o‘zgarishlarga turtki bo‘lishi mumkin degan umid bag‘ishlaydi" - deya ta’rif berib o‘tdi "Real Madrid" hujumchisi.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli vinger joriy mavsum "qirollik klubi" safida 39 ta bellashuvda ishtirok etib, 18 ta va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar