
Vinisius jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi
"Real" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior yaqinda FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yulduz futbolchi bu yutuqdan so‘ng, kechki ovqat davomida jamoadoshlari oldida samimiy nutq so‘zladi.
"Hammangizga rahmat, bu mukofot sizlarsiz imkonsiz bo‘lardi. Siz mening oilamning bir qismisiz. Har kuni siz bilan birga bo‘lish men uchun juda muhim. Luka Modrich, Lukas Vaskes, Sebalos, Federiko Valverde... ba’zilaringiz meni bu erga endi kelganimda hali bola deb ko‘rgan edingiz. Bu g‘alaba men uchun juda katta ahamiyatga ega", – deya Vinisiusning so‘zlarini beIN Sports keltirdi.
Vinisius Juniorning so‘zlaridan keyin jamoadoshlari uni qarsaklar bilan olqishlashdi.
Fikrlar