Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vinisius kelsa, maosh tizimini ham buzamiz

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ular Vinisius uchun hammasiga tayyor

«Arsenal» rahbariyati Madriddning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Zhuniorning vakillariga futbolchi London klubiga o‘tgan taqdirda uni jamoa loyihasining bosh yulduziga aylantirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» Vinisiusni qo‘lga kiritish uchun jamoadagi odatiy maosh tizimini o‘zgartirishga ham tayyor.

«Real» unga shartnomani uzaytirish evaziga yiliga 20 million yevro maosh taklif qilgani aytilmoqda. Shu bilan birga, «Arsenal» hujumchining katta miqdordagi imzo bonusi hamda tijorat huquqlaridan foydalanish bo‘yicha talablarini ham qondirish imkoniyatiga ega. 

Xabarda ta’kidlanishicha, futbolchi va madrid klubi o‘rtasidagi asosiy kelishmovchilik shartnomani uzaytirish uchun mo‘ljallangan bonuslar miqdoriga borib taqalmoqda.

«Arsenal» egalari taklif etilayotgan moliyaviy shartlarni ma’qullagan, biroq «raqamlar jiddiy xavotir uyg‘otmoqda». London klubi katta sarf-xarajatlarni kelgusidagi tijorat daromadlari orqali qoplashni rejalashtirmoqda.

Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

«Real» Madrid nima uchun XX asrning eng yaxshi klubi sifatida e’tirof etilgani haqida:

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q