Vinisius oldida uch variant paydo bo‘ldi
Matbuotda «Real» va Vinisius Juniyor oʻrtasidagi yangi muzokaralar boʻyicha xabarlar paydo boʻlishda davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv chorshanba kuni boʻlib oʻtdi.
The Athletic nashri soʻnggi muzokaralar jarayonidan xabardor manbalarga tayanib yozishicha, madridliklar braziliyalik hujumchiga yangilangan taklifni taqdim etgan.
Manbaga koʻra, «Real» Vinisiusga taklif etayotgan aniq maosh miqdori oshkor etilmagan. Shu bilan birga, klubning yangi shartlari futbolchining jamoa va umumiy sport loyihasida tutgan oʻrni va ahamiyatini aks ettirishi taʼkidlanmoqda.
Hozirda 26 yoshli Vinisius oldida uch yoʻl turibdi: «Real» bilan shartnomani uzaytirish, amaldagi kelishuvni tugatib, 2026/2027 yilgi mavsumni oxirigacha oʻynab, keyin erkin agentga aylanish yoki shu yozning oʻzida «Arsenal» safiga oʻtish.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Real» Vinisiusga bir mavsum uchun 30 million yevro miqdorida maosh toʻlashga tayyor emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar