Vinisius qilishi uchun bosh egdi
Egilgan boshni qilich kesmas
«Real» klubi hujumchisi Vinisius Zhunior «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgani uchun jamoadoshlari va muxlislaridan uzr so'radi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida braziliyalik futbolchi hujum paytida raqib yarim himoyachisi Natan Salibaning sochidan tortib yubordi.
Hakam Isidro Dias de Mera avvaliga Vinisius urgan golni hisobga olgandi, ammo videotakrorni ko‘zdan kechirgach, golni bekor qildi va futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
«Xursandchilik davom etadi… Jamoam va muxlislar, meni kechiring», – deb yozdi Vinisius uchrashuvdan so‘ng.
«Real»ning klub telekanali La Ligadagi vaziyatga munosabat bildirib, chempionatni qattiq tanqid qildi: «Madrid» barchaga qarshi yolg‘iz o‘zi turibdi, biz bu sharmandali «Negreyra ligasi»ni baribir yutamiz. «Vilyarreal»ga qarshi 1:0 hisobidan keyin ham qahramonlik haqida gapirishga to‘g‘ri kelyapti, lekin bunga hakamlar olib kelmoqda», – deyiladi efirdagi chiqishda.

Izohlar (0)