Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Vinisius «Real» asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real» hujumchisi Vinisius Juniоr zahiraga o‘tkazildi, u asosiy tarkibga qaytish uchun jiddiy mehnat qilishga qaror qildi.

«Real» hujumchisi Vinisius Juniyor jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Bu haqida AS nashriga tayanib, The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Vinisius yuzaga kelgan vaziyatni tushunmoqda va bosh murabbiy Joze Mourinoning qarorini hurmat qilmoqda. Braziliyalik futbolchi tarkibdagi o‘rnini qaytarib olish va yana o‘yinlar taqdirini hal qila oladigan futbolchiga aylanish uchun astoydil mehnat qilish niyatida.

Vinisius Juniyor 2026/2027 yilgi mavsumni unchalik yaxshi o‘tkazmayapti. U 12 ta uchrashuvda bitta gol va uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Real» La Liga jadvalidа ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi «Barselona»dan uch ochko ortda qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q