Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vinisius "Real"dagi kelajagini hal qildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Vinisius Zhunior «Real»ni tark etmaydi va klub bilan shartnomasini yaqin orada uzaytirishga ishonmoqda.

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius Juniyor klubni tark etishni rejalashtirayotgani yo‘q. Braziliyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng yakunlanadi. Shuningdek, futbolchining o‘zi kelishuvni uzaytirish bo‘yicha yaqin vaqtlarda kelishuvga erishilishiga ishonayotgani aytilmoqda, deya xabar beradi jurnalist Xose Feliks Dias. Avvalroq ma’lum qilinganikdek, tomonlar jahon chempionati yakunlangach, shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilish uchun muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Vinisius Juniyor 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. 25 yoshli hujumchi shu vaqtgacha madridliklar safida barcha musobaqalar doirasida jami 375 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu o‘yinlarda 128 ta gol urgan va 100 ta golli pas bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q