Vinisius “Real”dan ketsin!

  • 22.12.2025 14:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning eng nufuzli manbalaridan Marca nashri “Real” hujumchisi Vinisius Junior bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda ishtirok etgan madridliklar fanatlarning 68 foizi klub uchun eng to‘g‘ri qaror braziliyalik o‘yinchini sotib yuborish ekanini bildirgan.

Bunga sabab sifatida braziliyalik futbolchining klubdagi holati tiklab bo‘lmas darajada obro‘sizlanib bo‘lgani keltirilmoqda.

25 yoshli futbolchi atrofidagi mojaro Ispaniya La Ligasining 17-turida “Real” futbolchilari “Sevilya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan uchrashuv paytida avj oldi. O‘sha uchrashuvda braziliyalik hujumchi zaxiraga olingan pallada muxlislar tomonidan hushtakbozlik qilingan.

Bunga javoban Vinisius ijtimoiy tarmoqlardagi profilidagi “Real” formasidagi suratini Braziliya milliy terma jamoasi libosidagi rasmga almashtirdi. Bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi.

Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda klub safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!