Vinisius, sen bo‘lmasang, boshqasi!
Bir qarorga kelish kerak
«Arsenal» hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda
Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida yangi hujumchi-qanot o‘yinchisini jamoaga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Klubning asosiy nishoni sifatida «Real Madrid» vingeri Vinisius ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, londonliklar ehtimoliy muvaffaqiyatsizlikka ham tayyorlanmoqda. Agar Vinisius transferi amalga oshmasa, «Arsenal» nazarini «RB Leyptsig» tarkibida to‘p surayotgan Antonio Nusaga qaratmoqchi.
Bu haqida CaughtOffside nashri xabar bermoqda.
Antonio Nusaning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 32 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)