Vinisius Xolandning intervyusini bo‘lib qo‘ydi

  • 06.07.2026 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Zhunior Jahon chempionati 1/8 final bosqichidan keyin Norvegiya terma jamoasi forvardi Erling Xolandning intervyusiga kutilmaganda qo‘shilib qoldi.

Uchrashuv yakunlangach, Xoland mikst-zonada jurnalistlar savollariga javob berardi. Shu payt yonidan o‘tib ketayotgan Vinisius norvegiyalik forvardni ismi bilan chaqirib, uni samimiy tarzda quchoqlab salomlashdi. Qisqa muloqotdan so‘ng braziliyalik futbolchi yo‘lini davom etdi, intervyu esa yana odatiy tarzda davom etdi.

Braziliyaga qarshi o‘yinda Erling Xoland ikki gol muallifiga aylandi va dubll qayd etdi.

Chorak finalda Norvegiya terma jamoasi Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

1/16 final bosqichida Braziliya Yaponiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zongan bo‘lsa, Norvegiya shu hisobda Kot-d’Ivuarni mag‘lub etgan. Jahon chempionati  11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!