Vinisiusga rasmiy taklif berildi
Qaror qanday bo‘ladi?
«Real» klubi vinger Vinisius va uning vakillariga shartnomani uzaytirish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘lladi.
Madrid jamoasi bir necha oydan beri davom etayotgan muzokaralardan so‘ng futbolchi bilan kelishuvga erishishni maqsad qilgan. Klub rahbariyati Vinisiusga «Arsenal» tomonidan jiddiy qiziqish borligidan xabardor.
London jamoasi esa o‘z navbatida futbolchini sotib olish bo‘yicha ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Vinisiusning vakillari bu rejalaridan xabardor qilingan.
Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisius «Real» rahbariyati bilan Joze Mourin’yu boshchiligidagi yangi loyihadagi o‘rnini muhokama qilmoqchi va taklif etilayotgan maosh uning maqomiga qanchalik mos kelishini aniqlab olishni istamoqda.
Braziliyalik futbolchi soliqlar to‘langanidan so‘ng bir mavsum uchun taxminan 20 million yevro ish haqi olishni kutayotgani aytilmoqda.

Izohlar (0)