Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vinisiusni bepul olamiz!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kutilmagan variant chiqdi

«Real» hujumchisi Vinisiusning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Madrid jamoasi ham, futbolchining o‘zi ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Biroq tomonlar orasidagi muzokaralar hozircha kutilgan natijani bermayapti.

Shu orada braziliyalik vingerga jiddiy da’vogar paydo bo‘ldi. Ramon Al’vares de Monning yozishicha, Vinisius xizmatlariga «Liverpul» qiziqish bildirgan. Angliyaning yetakchi klublaridan biri futbolchini kelasi yoz erkin agent sifatida, ya’ni tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda Vinisius «Real» tarkibida 53 o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda 22 ta gol urdi va jamoadoshlariga 14 marta golli pas berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q