
Vinisiusni yo‘qotish kerak!
Ispaniya chempionatining 35-turida “Real” futbolchilari Kataloniyaga safar uyushtirib, ashaddiy raqib “Barselona” maydonidan alamli mag‘lubiyat bilan qaytdi.
Garchi madridliklar o‘yin boshidayoq ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa-da, mezbonlar iroda ko‘rsatib, bellashuvda 4:3 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdan keyin “Real”ning sobiq futbolchisi Alvaro Benito braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni keskin tanqid qildi.
- Vinisiusning maydondagi ahvolini ta’riflashga so‘z ojiz. Bu shunchaki, sharmandalikdan boshqa narsa emas. Karlo Anchelotti Vinisiusni nima qilishi kerak? Albatta, uni tarkibdan yo‘qotishi va o‘yindan olib tashlashi lozim.
“Real”ni qabul qilib oladigan murabbiyning ishi juda ko‘p bo‘ladi. U ayrim o‘yinchilarning mentalitetini o‘zgartirishi, qayta tarbiyalashi lozim.
Vinisiusdek futbol o‘ynash mumkin emas. U jamoasi himoyasini faqat kuzatib beradi, ortga qaytmaydi, to‘pni olib qo‘yish va pressingga harakat ham qilmaydi, - dedi Alvaro Benito.
Ta’kidlash joizki, Vinisius Junior “Barselona”ga qarshi uchrashuvda Kilian Mbappega ikkita golli pas uzatdi va 88-daqiqada zaxiraga olindi.
Fikrlar