Virjil van Deyk faoliyatini tugatyaptimi?
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”da yuz bergan inqirozi natijasida jamoaning yetakchi oʻyinchilari kelajagi borasida ham turli maʼlumotlar chiqa boshlandi.
Xususan, bir necha manbalar jamoa sardori Virjil van Deyk faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida yozdi. Tajribali futbolchi bu xabarlarga oʻz munosabatini bildirdi.
- Men hech qachon faoliyatimni yaqin orada tugataman, deb aytmaganman. Oldinga juda uzoq qaramayman. Oldimizda hali yillar bor.
Asosiyisi, ozimni baxtiyor his qilishim, oilam va farzandlarimning baxtli boʻlishidir, - dedi Virjil van Deyk.
“Liverpul”da 2018 yildan beri oʻynab kelayotgan 34 yoshli himoyachi klub bilan hamkorlik shartnomasini 2027 yilning yozigacha uzaytirgan edi.
Fikrlar