Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vitinya: "Ronalduni bilan bir jamoada o‘ynash — bu sharaf"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Yarim himoyachi terma jamoasi sardori haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasi va PSJ yarim himoyachisi Vitin'ya Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynayotganini haqida fikr bildirdi.

"Bu — aqlbovar qilmas darajadagi his. U futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. U bilan bir kiyinish xonasini bo‘lishish, undan o‘rganish va har kuni professionalizmga guvoh bo‘lish men uchun katta faxr.

Men u bilan va uning uchun Jahon chempionatida g‘alaba qozonishimizga umid qilaman", — dedi Vitin'ya.

Shuningdek, portugalialik futbolchi Ronaldudan nimalarni o‘rganganini haqida ham to‘xtaldi.

"Eng asosiysi — uning futbolga bo‘lgan yondashuvi. U juda professional va jiddiy inson. Hech narsani tasodifga tashlab qo‘ymaydi. Maydonga chiqqan paytda u o‘zini 100 foiz tayyor deb his qiladi va jamoa uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini biladi", — deya qo‘shimcha qildi Vitin'ya.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q