Vodilda katta kurash bayrami!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning  1 iyun  kuni Fargʻona tumanining Vodil qishlogʻidagi “Chinor tagi” istirohat bogʻida katta kurash bayrami boʻlib oʻtdi.

Aniqroghi, shu qishloqda tugʻilib voyaga yetgan, kurash muxlislari qalbidan joy olgan, oʻz davrining mashhur  va nomdor polvonlari boʻlgan - Hamid polvon Teshaboev,  Temir polvon Mamajonov va Tursunali polvon Mamajonovlar xotirasi uchun hamda 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kurash boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida anʼanaviy respublika ochiq turniri oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi  sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi taqvim-rejasidagi mazkur Respublika ochiq turnirida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston  davlatlaridan 100 nafaridan ortiq eng nomdor polvonlar ishtirok etishdi. 

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Fargʻona viloyati prokuraturasi hamda viloyat  kurash federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur turnirda erkaklar -66 kg., 73 kg., 81  +90 kg. vazn toifalarida ayollar -57 kg., -70kg., +70 kg., vazn toifalarida bellashishdi. Turnir doirasida shuningdek, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. 
Murosasiz va shiddatli oʻtgan bellashuvlar natijasiga koʻra, qoʻyidagi polvonlar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq boʻlishdi. 

Erkaklar
66 kg. 
1. Avazjon Ashurov (Surxondaryo) 
2. Sardor Islomov (Buxoro) 
3. Niyozbek Xasanboea (Namangan) 
3. Saidolimxon Munavvarov (Sirdaryo) 

73 kg. 
1. Ziyodullo Alijonov (Fargʻona) 
2. Oyatillo Rajabov (Fargʻona) 
3. Muhammadrasul Ramanov (Fargʻona) 
3. Manuchir Shirinov (Buxoro) 

81 kg. 
1. Asadbek Choriev (Surxondaryo) 
2. Toʻlqin Ochilov (Qashqadaryo) 
3. Shahzod Ochilov (Fargʻona) 
3. Javohir Ahmedov (Surxondaryo) 

+90 kg. 
1. Baxrom Saitov (Buxoro) 
2. Azamat Moʻminov (Andijon) 
3. Asilbek Xolmurodov (Samarqand) 
3. Dilshod Bahodirov (Fargʻona) 

Ayollar
57 kg. 
1. Azizaxon Tohirjonova (Namangan) 
2. Hilola Ortiqboeva (Sirdaryo) 
3. Azizabegim Najimova (Samarqand) 
3. Fotima Qodirova (Sirdaryo) 

70 kg. 
1. Mashhura Gʻaniyeva (Samarqand) 
2. Muslima Ahmedova (Jizzax) 
3. Tillo Xonimqulova (Surxondaryo) 
3. Sevinch Toʻraqulova (Toshkent sh.) 

+70 kg. 
1. Pokiza Kamoliddinova (Fargʻona) 
2. Shohista Nazarova (Jizzax) 
3. Malika Zohidova (Fargʻona) 
3. Ravzahon Asadova (Toshkent shahri). 

Turnirda birinchi oʻrin sohiblari 800 AQSh dollaridan, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 400 AQSh dollari va ikkita uchinchi oʻrin egalari 200 AQSh dollari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV Vodil qishlogʻidan tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!