"Volvo Car Open": Belinda Benchich chorak finalda o‘ynaydi
Shveytsariyalik Belinda Benchich AQShda o‘tayotgan "Volvo Car Open" turnirining uchinchi davrasidagi uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi.
U mazkur bosqichda mezbonlar vakili Teylor Taunsendga qarshi kortga chiqdi. Charlston shahri mezbonlik qilgan o‘yinda Belinda 6:2, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa musobaqaning chorak finalida Benchich xorvatiyalik Petra Martich, yoki yana bir amerikalik Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar