Vozin'ya yangi jamoasida boshqa nom bilan o'ynaydi

  • 29.07.2026 09:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildagi jahon chempionatining qahramoni Vozinya yangi jamoa topgan edi. U Chilining «Kolo‑Kolo» klubi bilan shartnoma tuzdi. Ammo tajribali golkiper yangi jamoasida brendga aylanib ulgurgan Vozinya nomidan foydalanа olmаydi. 

Chili futbol assotsiatsiyasi qoidalari sabab klubda shu taxallusi ostida maydonga tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Amaldagi reglamentga ko‘ra, futbolka orqa qismida faqat rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilgan familiya yozilishi mumkin. Afrika qit’asidan kelgan posbonning to‘liq ismi — Xosimar Xose Evora Dias, shu bois u «Dias» yoki «Evora Dias» variantlaridan birini tanlashi kerak. Bu haqida Globo nashri xabar berdi.

Manba ma’lumoticha, ushbu qaror ham futbolchi, ham klub uchun kutilmagan va yoqimsiz yangilik bo‘ldi. «Kolo‑Kolo» rahbariyati Vozinya nomi tushirilgan futbolkalar savdosi orqali qo‘shimcha daromad olishni rejalashtirayotgan edi. 

Kabo‑Verde terma jamoasi posboni jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari orqali muxlislar e’tiborini qozongandi.

Vozinya 2026 yildagi jahon chempionatida to‘rt uchrashuvda maydonga tushdi, ularning ikkitasini darvozasi daxlsizligini saqlagan holda yakunladi. «Kolo‑Kolo»ga o‘tishidan oldin uning so‘nggi klubi Portugaliyaning ikkinchi divizionda ishtirok etuvchi «Shavish» jamoasi bo‘lgan. O‘tgan mavsumda 40 yoshli darvozabon barcha musobaqalar doirasida 19 o‘yinda qatnashib, ularning oltitasida raqiblarga gol urish imkonini bermadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, tajribali posbonning bozor qiymati 500 ming evroni tashkil etadi.

Kabo‑Verde terma jamoasi tarixida ilk bor jahon chempionati final bosqichida ishtirok etdi. Afrika jamoasi musobaqani 1/16 finalda to‘xtatdi — ushbu bosqichda ular Argentinga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!