VXL. "Humo" bugun Xitoydagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi

Toshkentning "Humo" klubi Xitoy safarini boshlaydi. Dastlabki raqib - Pekinning "ORJI" jamoasi bo‘ladi. Evgeniy Popixin shogirdlari Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da mazkur jamoaga qarshi muzga chiqadi.

Ma’lumot uchun, "qanotlilar" ortda qolgan 25 bahsdan so‘ng Konferentsiya 1 dagi 18 klub orasida turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. "ORJI" hisobida esa 27 bahsdan so‘ng 23 ochko mavjul va pekinliklar 14-pog‘onadan joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!