
WADA O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini e’tirof etdi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 2023 yil yakunlari bo‘yicha milliy agentliklar kesimida o‘z xulosalarini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ish faoliyati yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan tashkilotlar qatorida sanab o‘tildi.
WADA 206 ta milliy agentliklarining ishini quyidagi 4 xil tizimda baholagan: yuqori, yaxshi, qoniqarli va qoniqarsiz. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining ishiga yuqori baho qo‘yilgan. Bunda WADA kodekslarining talablarini o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, sportchi, shifokor va murabbiylarning antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, xalqaro toifadagi ofitser va surishtiruv-ofitserlari mavjudligi kabi yo‘nalishlarga alohida ahamiyat qaratgan.
Fikrlar