Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Xöysen diskvalifikatsiya qilindi, "Real" ogohlantirish oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mourinьoga yoqmaydigan qarorlar chiqarildi

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi huzuridagi tartib-intizom qo‘mitasi La Liganing yettinchi turidan so‘ng qo‘llanadigan sanktsiyalar bo‘yicha qaror e’lon qildi. 

Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, «Real» jamoasi himoyachisi Din Høyksen Madrid derbisida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani va o‘z jamoasi darvozasi tomon penalti sababchisi bo‘lgani uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Intizom qo‘mitasi «Real» klubini taym orasida maydonga kech qaytgani uchun rasmiy ogohlantirdi. Jamoa belgilangan vaqtdan ko‘proq vaqtni kiyinish xonasida o‘tkazgani bois ikkinchi bo‘lim kechikib boshlandi.

Hozirda «Real» Ispaniya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid klubi peshqadam «Barselona»dan olti ochko orqada qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q