Xabi Alonso: Bu futbolchi "Chelsi"da o'ynamaydi
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa hujumkor yarim himoyachisi Kendri Paesga hozircha ishonch bildirmayotgani ma’lum qildi.
Yozning oxirida ekvadorlik futbolchi Argentindagi «River Pleyt» klubidan muddatidan oldin qaytib keldi. U bu jamoa safida yil boshidan beri ijaraga asosda to‘p surib kelayotgan edi.
«Hozirgi paytda Paes asosiy jamoa a’zosi sifatida ko‘rilmayapti. U bizning rejalarmizga kirmaydi», – deya Xabi Alonso so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirgan.
Kendri Paes «River Pleyt» tarkibida 14 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. U 2025 yil yozida «Chelsi» safiga Ekvadorning «Independyente» klubidan 10 million yevro evaziga qo‘shilgan. London jamoasi bilan 19 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar