Xabi Alonso "Chelsi"da "Real"ning ikki yulduzini ko‘rishni istaydi
Manbalarga koʻra, "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoani kuchaytirish uchun "Real" tarkibidan ikki futbolchini olib kelishni rejalashtirgan.
Xabar qilinishicha, mutaxassis London klubi safida yarim himoyachi Orelien Tchuameni va yosh isteʼdod egasi Arda Gyulerni koʻrishni istayapti. Shu bois madridliklar ushbu futbolchilar boʻyicha ehtimoliy takliflarga tayyorlanayotgani aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Xabi Alonso yaqinda "Chelsi" bilan 2030 yil yozigacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Ispaniyalik murabbiy ilgari "Real" tarkibida futbolchi sifatida ham oʻynagan, bu esa unga Madrid klubi tizimi va futbolchilari imkoniyatlarini yaxshi bilish imkonini beradi.

Fikrlar