Xabi Alonso "Chelsi" rahbariyatidan yangi transfer so'radi
Ali Ahmadxo’jayev
Tarkib hali to‘liq shakllanmagan
«Chelsi» ispaniyalik yarim himoyachini ko‘zlamoqda. «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosning faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Diario SPORT nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, uni o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi ispaniyalik futbolchi uchun 100 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
Pablo Barrios «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso uchun yarim himoyani kuchaytirish borasida ustuvor nomzod hisoblanadi. Aynan shu transferni amalga oshirish maqsadida Alonso klub rahbariyatidan zarur mablag‘ ajratishni so‘ragani aytilmoqda.
Izohlar (0)