Xabi Alonso "Chelsi"da transferlarga shaxsan aralashadi
“Chelsi” yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida yozgi transferlar oynasida 3-4 nafar futbolchini tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ayniqsa, markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.
"Sky Sports" ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis transfer jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. U nafaqat yangi futbolchilarni jalb qilish, balki jamoani tark etadigan o‘yinchilar bo‘yicha qarorlarda ham faol qatnashadi.
Shuningdek, manbada aytilishicha, Alonso “Chelsi”da faqat uch himoyachi sxemasiga bog‘lanib qolmaydi. U “Bayer”da aynan jamoa futbolchilariga mos kelgani uchun shu taktikani qo‘llagan.
London klubida esa ispaniyalik murabbiy turli taktik sxemalar va kombinatsiyalardan foydalanishi kutilmoqda.

Fikrlar