Xabi Alonso “Real” yulduzini chaqiryapti
Murabbiy uning imkoniyatlarini yaxshi biladi
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso klubning Ispaniyaning «Real» jamoasi o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olish rejasini ma’qulladi.
«Liverpul»dan o‘tganidan keyin «Real»dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Trent joriy mavsumda o‘zining asosiy pozitsiyasi uchun kurashda Densel Dumfris va Federico Valverdega yaqqol yutqazmoqda.
Jurnalist Saymon Fillips o‘zining «yuqori darajadagi manbasi»ga tayanib xabar berishicha, 28 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisining vaziyati «Chelsi» e’tiborini tortgan.
Alonso o‘tgan mavsumda Madridda Aleksander-Arnold bilan ishlagan va Xabi Trent bilan Londonda yana birga ishlashga qarshi emas.
«Chelsi» Trentni Malo Gyustoning o‘rniga olib kelishni ko‘rib chiqmoqda. Gyusto kelasi yozda sotilishi ehtimoli yuqori.

Izohlar (0)