Xabi Alonso tarixiy yutuqqa erishdi
Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real Madrid" La Liganing 5-turida "Espanol" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklar avvalgi to‘rt turda ham muvaffaqiyatga erishib, ichki chempionatda 12 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan edi.
Shu tariqa, Xabi Alonso "Real" tarixida chempionatdagi dastlabki besh uchrashuvida ham g‘alaba qozongan uchinchi murabbiyga aylandi. Bunga avval 1929 yilda Xose Kirante, 2005 yilda esa Vanderley Lushemburgo ham erishgan edi.
La Liga tarixida esa umumiy hisobda 11 nafar murabbiy shunday natijani qayd etgan.
Fikrlar