Xabi Alonsoga jamoa topildi

  • 13.01.2026 17:42
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"ni tark etgan ispaniyalik bosh murabbiy Xabi Alonso "Liverpool"ni boshqarishi mumkin.

Dushanba kuni "Real Madrid" bosh murabbiy Xabi Alonsoni iste’foga chiqqanini e’lon qilgan edi. Ispaniya Superkubogidagi mag‘lubiyat sabab "qirollik klubi" shunday qarorga keldi. Xabarlarga ko‘ra, "Liverpool" bosh murabbiy Arne Slot o‘rniga asosiy nomzod sifatida aynan Alonsoni ko‘rmoqda. "Qizillar" barqaror o‘yin namoyish eta olmayotgani sabab, bosh murabbiyni almashtirish ehtimoli yuqorilab bormoqda. Mersisaydliklar ayni vaqtda Angliya Premier-ligasida 4-o‘rinni egalab turibdi.

Ma’lumot uchun, "Liverpool" navbatdagi uchrashuvda 17 yanvar kuni "Börnli"ga qarshi maydonga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!