
Xabib muhim yangilikni e’lon qildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov jamoadoshlari Abubakar Nurmagomedov va Umar Nurmagomedov u bilan bitta jang oqshomida oktagonga ko‘tarilishini ma’lum qildi.
"Uchalamiz ham "UFC 254"da jang qilamiz", - deb post qoldirgan rossiyalik aralash qoidalar jangchisi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Umar promoushen bilan shartnoma imzolagan. Pandemiya sabab ushbu kelishuvda ko‘zda tutilgan birorta jang o‘tkazilmadi. Uning MMAdagi umumiy statistikasi 12 jangdagi 12 g‘alabadan iborat.
Fikrlar