Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Hamzat Chimaev bir o‘limdan qoldi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

BAA vakili Shon Striklendga million dollar bermoqchi edi

Amerikalik MMA ustasi Ti Jey Dillashou sobiq chempion Hamzat Chimaevning oxirgi jangi haqida ba'zi ma'lumotlarni ochiqaldi.

"Chimaev vazn tashlashning so'nggi bosqichida o'zini shunchalik yomon his qildiki, Striklendga jang oldidan kompensatsiya sifatida million dollar berishga tayyor edi.

Lager paytida Hamzat huddi yirtqich hayvondek ko'rinardi, go'yo uni engib bo'lmaydigandek edi. Biroq "vazn poygasi" juda dahshatli o'tdi.

Avvalroq, men Chimaevni kuchli mutaxassis – Sem Kalavitta bilan tanishtirdim. Chunki bunday paytda hamma narsa muhim edi - tiklanish, qo'shimchalar, qon, minerallar, gormonal muhit.

Jangim yaqinlashganda har kuni qancha suv ichishim va qancha uxlashimni Kalavitta belgilab beradi. Chunki u chindan juda aqlli inson. Shonga qarshi bahsga oz qolganida ham Sem ularga: "Mana shuncha suv ichishing kerak," dedi. Lekin Hamzat va uning jamoasi quloq solishmadi. Natijada Chimaev kerakli miqdordagi suvning to'rt dan bir qismini ichib, bir urinishda keragidan to'rt baravar ko'p vazn yo'qotdi. Shundan so'ng organizm shunchaki taslim bo'ldi. Ha, Hamzat bu paytda o'lim yoqasida edi. Ochig'i, mazkur holatda, umuman oktagonga chiqmaslik kerak edi. Shunga qaramay, Chimaev chekinmadi va 5 raund kuchli raqibga qarshi turib bera oldi!" – dedi Dillashou "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q