Hamzat Chimaev, hamma ayb o'zingda edi!
Janubiy afrikalik MMA ustasi sobiq chempionning so‘zlarini be’manilik deb atadi
Janubiy afrikalik MMA ustasi Drikus dyu Plessi UFC sobiq chempioni Hamzat Chimaevning vazn borasida aytgan barcha so‘zlarini bahona deb atadi.
"Vazn tashlash haqidagi barcha gaplar juda kulgili. Aytishlaricha, Hamzat 24 soat ichida 4,9 kg tashlagan. Biroq bu unchalik katta emas. Men undan ham ko‘proq vazn yo‘qota olganman. O‘ylashimcha, jangdan keyin tashlangan vazn haqida gapirib, bahona qilish be’manilik. Bu aslida, sportchining muammosi. Intizomliroq bo‘lsang, tarozidagi ishlaring osonlashadi. Hamzat, hamma ayb o‘zingda edi!" - dedi Plessi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 328" turnirida Chimaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Shon Striklenddan mag‘lubiyatga uchragan edi.

Izohlar (0)