Hamzat Chimaevni kim yenga oladi?
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Hamzat Chimaev kurash va aralash jang san’ati o‘rtasidagi farqlar haqida gapirdi.
"Bu ikkitasi butunlay boshqa-boshqa sport turi. Olimpiya chempioni meni gilamchada mag‘lub etishi mumkin, ammo oktagonda men har qanday Olimpiya chempionini yenga olaman. Kayl Snayder, Abdulrashid Sadulaevni hurmat qilaman, bu yigitlar kurashdagi eng buyuk chempionlar, ammo MMAda emas. Ko‘pchilik kurashdan chiqqan Genri Sekhudoni UFC chempioniga aylanganini gapiradi. Ammo u kurashi tufayli emas, balki zarbalari sabab kamarni qo‘lga kiritgan. Kurashdan esa deyarli foydalanmagan", – dedi Hamzat ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videoda.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev 10 may kuni "UFC 328" turnirida amerikalik Shon Striklendga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar