Hamzat Chimaevning keyingi raqibi oydinlashmoqda!
Javohir Malikov
Bu haqida chempionning jamoasiga yaqin inson ma'lum qildi.
O‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Hamzat Chimaevning jamoasiga yaqin bo‘lgan Adam Zubayraev "Borz"ning keyingi raqibiga ishora qildi.
"Shonning rejalar jadvalini yuritayotgan insonlar, Striklendning 9 maydan keyingi barcha podkastlarini bekor qiling. Tikilgan jag‘ bilan mikrofonga gapirib bo‘lmaydi", - dedi Zubayraev.
Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni Nyu-Yorkda "UFC 328" turniri bo‘lib o‘tadi.
Izohlar (0)