Xaverts: «O‘z maydonimizda derbini yutish juda yoqimli»
«Arsenal» «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, premyer-ligada uchinchi bor ketma-ket g‘alaba qozondi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Haverts «Chelsi»ga qarshi uy uchrashuvidan so‘ng OAV savollariga javob berdi. «Kanonirlar» derbini 2:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
«O‘z maydonimizda derbini yutish juda yoqimli. O‘yin oson kechmadi, lekin biz munosib g‘alabaga erishdik. Ayniqsa, Edegorning o‘yinini alohida ta’kidlamoqchiman. U ajoyib futbolchi. Bu mavsumda o‘zining eng yaxshi shakliga qaytdi. Martin jamoamizga juda katta yordam beradi», – deya Havertsning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Mikel Arteta shogirdlari APL startda uchinchi bor ketma-ket g‘alaba qozondi. London jamoasi turnir jadvalida hozircha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izohlar (0)