Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Xavi "Bavariya"ning super transferini barbod qildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Xavi muhim futbolchisini qo‘yib yuborgisi kelmadi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes himoyachi Ronald Arauxoning "Bavariya"ga o‘tishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda "Todofichajes" portali nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi urugvaylik futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, biroq Xavi bu kelishuvga qarshi chiqqan. Xavi Arauxonni jamoa uchun juda muhim futbolchi deb hisoblaydi.

Ronald 2020 yilning oktyabridan beri Kataloniya jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Urugvaylik futbolchi 70 million evroga baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q