Xavi Fatiga omad tiladi

  • 31.08.2023 20:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Ansu Fati Xaviga qo‘ng‘iroq qilib, "Brayton"ga ijaraga o‘tish qarorini ma’lum qildi.

20 yoshli yarim himoyachi telefon qo‘ng‘irog‘ini o‘zi boshlagan. Suhbat uzoqqa cho‘zilmadi. Samimiy va xotirjam ohangda. 

"Barselona" ustozi Fatiga omad tiladi va muntazam o‘yin amaliyoti unga yaxshi formada bo‘lishiga yordam berishini aytdi.

Qayd etish lozim, ayni vaqtda Fati "chaykalar" bilan shartnoma imzolash uchun Angliyada bo‘lib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!