Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Xavi klub ichidagi “quloq”ni qidiryapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tarqatilayotgan xabarlar rost bo‘lib chiqmoqda

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub ichidagi ma’lumotlarni jurnalistlarga sizdirayotgan “quloq”ni topishga urinmoqda. Bu haqda El Chiringuito TV vakillari xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik murabbiy messenjerlardan birida klub xodimlarining profillarini tekshirib chiqqan. Xavi jurnalistlar kontaktini qidirgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub ichidan tarqatilayotgan xabarlar rost bo‘lib chiqmoqda. Bundan tashqari Xavi Ernandes jurnalistlarga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, ular axborot olayotgan manbalarni surishtirgan.

Xavining urinishlariga qaramay, klub ichidagi voqea-hodisalarni tashqariga olib chiqayotgan odam topilgani yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q