
Hozir jamoani Xaviga ish topildi
“Barselona” bosh murabbiyligidan ketganidan beri ishsiz yurgan Xavi Ernandes murabbiylik faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi kutilyapti.
The Athletic nashrining yozishicha, ispan murabbiyining xizmatiga “Al-Ahli” rahbariyati jiddiy qiziqish bildirmoqdaMattias Yayssle boshqaryapti. Biroq klub bosh murabbiyni alishtirmoqchi. Nomzodlar ro‘yxatida Xavi Ernandesdan tashqari yaqinda “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilgan Ange Postekoglu ham bor.
37 yoshli germaniyalik mutaxassis Mattias Yaysslening “Al-Ahli” bilan shartnomasi yana bir yil davom etishi belgilangan. Bu murabbiyga o‘z yurtidan ish chiqyapti. “Leyptsig” uni bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.
Agar Yayssle Bundesligaga ketadigan bo‘lsa, “Al-Ahli”mutasaddilari Xavi Ernandes va Ange Postekoglu bilan muzokara boshlashga tayyor turibdi.
Fikrlar