
Xayr, Neymar!
2025 yilning boshidan beri Braziliyaning “Santos” klubida o‘ynayotgan Neymar keyingi yillarda jarohatlardan qutila olmayapti.
“Santos” klubi prezidenti Marselo Teysheyraning ma’lum qilishicha, Neymar navbatdagi jarohatidan qutilish uchun ikki oydan ko‘proq davolanishi talab etiladi.
L’Équipe nashriga ko‘ra, tajribali hujumchi son mushaklaridagi muammodan to‘liq qutilishi uchun dekabr oyinining boshigacha maydonga tusholmaydi. Agar Neymar salomatligini tiklab ulgursa, chempionatning so‘nggi turlarida jamoasiga yordam berishi mumkin xolos.
2025 yil davomida ikki bor son mushaklarini shikastlab olgan 33 yoshli futbolchining to‘liq tuzalib ketishi qiyin kechmoqda. Uning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabrda yakunlanadi.
Braziliya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham Neymar salomatligi va sport formasini to‘liq tiklamagunicha uni tarkibga jalb qilmasligini uqtirgan.
Fikrlar