Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xayr, Benzema!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Karimning Saudiyadagi davri tugayapti

«Al-Hilol» safida to‘p surib kelayotgan Karim Benzema yaqin kunlarda jamoani tark etishi mumkin.

Jurnalist Santi Auna ma’lumotiga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasidagi hamkorlikni yaqin bir necha kun ichida to‘xtatish rejalashtirilgan. Fransiyalik forvardning keyingi jamoasi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Benzema joriy yil fevral oyida «Al-Ittihod»ni tark etgach, erkin agent sifatida «Al-Hilol»ga kelib qo‘shilgan edi. U o‘shanda bir yarim yillik shartnoma imzolagan. Saudiya Arabistoni  klubi tarkibida u 16 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 marta golli pas yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema ilgari «Lyon» va «Real» klublarida ham o‘ynagan. 38 yoshli hujumchi Fransiya milliy terma jamoasi tarkibida 97 ta o‘yin o‘tkazgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q