Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Xey: "Dunyo kabi boks ham o‘zgarib turadi"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ha, u o‘z vaqtida yaxshi darajadagi bokschi bo‘lgan.

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey (28-4,26KO) britaniyalik muxlislarning barcha top boks uchrashuvlari asosan Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotganidan noroziligiga izoh berdi.

“Ko‘plab britaniyalik boks muxlislarining Saudiya Arabistonidagi janglarga bora olmasligidan hafsalasi pir bo‘lganini tushunaman. Afsuski, achchiq haqiqat shundaki, bu janglar ko‘pincha Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Lekin dunyo kabi boks ham doimo o‘zgarib turadi. Ilgari muxlislar PPV tadbirlariga qarshilik ko‘rsatishgan, chunki ular janjallarni televizor orqali tomosha qilishga odatlangan. Lekin bu ham o‘zgardi. Hozirgi kunda yuqori darajadagi jangchilar uchun an’anaviy daromad manbalari etarli emas,iqtisodiy realliklar o‘zgardi. Shuning uchun muxlislarni boksda yangi davr boshlanganini qabul qilishi kerak. Eng yaxshi jang – bu biz orzu qilgan janglardir”, – deb yozadi Xey X da.

Eslatib o‘tamiz, Devid Xey so‘ngi jangida 2018 yil Toni Belyuga imkoniyatni boy berganidan so‘ng, faoliyatini yakunlagan edi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q