Xojimirzaev "Dinamo"dan ketmaydi!

  • 9 dekabr, 2024, 20:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» PFK "Superliga-2024" yakuniga ko‘ra, shartnomasi yakuniga etayotgan jamoa etakchilarini o‘z safida qoldirishni va 2025 yilgi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Tecno

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, yakunlangan mavsumda «Dinamo» sharafini munosib himoya qilib, jamoaning Superligadagi eng yaxshi to‘purariga aylangan Anvarjon Hojimirzaev 2025 yilni ham Samarqand jamoasi safida o‘tkazadi.

Klub ushbu vinger bilan amaldagi shartnoma 2025 yil yakuniga qadar uzaytirilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!