Asosiy mazmunga oʻtish

Xokkey. "Binokor" dastlabki finalchiga aylandi

Shahzod
Izohlar: 1

Shanba kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Toshkent" hamda "Binokor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi "Ice City" arenasida kechgan qarama-qarshilik gollarga boy bo‘ldi va yakunda "quruvchilar" 4:3 hisobida zafar quchishdi. Shu tariqa seriyadagi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirgan "Binokor" xokkeychilari dastlabki finalchiga aylanishdi.

Ularning finaldagi raqibi "Humo" va "Semurg‘" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan so‘ng aniqlanadi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Yarim final

"Toshkent" - "Binokor" 4:5

Seriyadagi hisob: 0-3.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q