Asosiy mazmunga oʻtish
Qishgi sport turlari

Xokkey boshlanmoqda!

Shahzod
Izohlar: 0

Kontinental (mintaqaviy) xokkey ligasida yangi mavsum start olmoqda.

Bugun o‘tgan mavsumda Gagarin kubogi va muntazam chempionatda g‘olib chiqqan Moskvaning TsSKA klubi Gagarin kubogi finalchisi Avangardni Ochilish kubogi doirasida qabul qiladi.

TsSKA muz saroyida kechadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning "Humo" xokkey klubi joriy yilgi mavsumdan Oliy xokkey ligasida faoliyat yuritadi. Evgeniy Popixin shogirdlari 11 sentyarb kuni "Ryazan"ga qarshi bahs olib borishadi. Mazkur bellashuv "Humo-Arena"da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q