Xokkey. "Semurg‘" "Humo"ni yirik hisobda engdi
Shahzod
Yakshanba oqshomida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yarim final bosqichi doirasida "Humo" hamda "Semurg‘" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi "Ice City" muz saroyida kechgan bellashuv gollarga boy tarzda o‘tdi va yakunda "Semurg‘" 6:2 hisobida zafar quchib, seriyada 2:1 hisobi bilan oldinga chiqib oldi.
Xokkey bo‘yicha O‘zbeksiton chempionati. Yarim final
"Humo" - "Semurg‘" 2:6
Seriyadagi hisob: 1-2
Izohlar (0)