Xokkey. "Semurg‘" O‘zbekiston chempioni!
Shahzod
Hozirgina xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati final o‘yini o‘z nihoyasiga etdi.
Unda "Binokor" va "Semurg‘" jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Poytaxtimizdagi "Ice City" muz saroyida kechgan uchrashuvda "Semurg" xokkeychilari 4:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Shu tariqa seriyada 3:2 hisobida raqibdan ustun kelgan "Semurg‘" xokkey bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘ldi.
Xokkey bo‘yicha I O‘zbekiston chempioanti. Final. Beshinchi bahs
"Binokor" - "Semurg‘" 1:4
Seriyadagi hisob - 2:3.
Izohlar (0)