Xoland ayiqdek ovqat eydi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning ovqatlanish rejimi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 25 yoshli futbolchi mashhur portugalialik yulduz Krishtianu Ronalduning namunasiidan ilhomlanib, juda qat’iy parhezga amal qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Holand kuniga taxminan 6 ming kaloriya iste’mol qiladi va olti mahal ovqatlanadi. Uning taomnomasiga tovuq go‘shti, makaron, steyklar, baliq, tuxum, sabzavotlar, ichki a’zolar go‘shti, xom sut va asal kiradi.
Shirinliklar umuman iste’mol qilinmaydi, asosiy ichimligi esa oddiy suv hisoblanadi. Hozirgi kunda hujumchining bo‘yi 195 santimetr, vazni esa 94 kilogrammni tashkil qiladi.
Norvegiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Joshuа King Erling Holandning ovqatlanish odatlari haqida gapirib o‘tdi.
- Men hech qachon bunchalik ko‘p yegan odamni ko‘rmaganman! U haqiqiy ayiqdek yedi!, — deya Kingning so‘zlarini The Sun nashri keltiradi.

Fikrlar